top of page
Поиск

Aliment uchun chet yelga chiqishga qo‘yilgan taqiqni olib tashlash tartibi: muhim 6 ta qoida

  • misha19772712
  • 26 дек. 2024 г.
  • 2 мин. чтения

Aliment to‘lovchi ayrim shaxslarning bevosita daromad manbai chet yelga chiqish, migrasiya bilan bog‘liq. Bunday hollarda chet yelga chiqishga qo‘yilgan taqiqni alimentni oldindan to‘lash yoki aliment bo‘yicha garov shartnomasini tuzish orqali olib tashlash mumkin.

1. Chet-yelga chiqishga taqiqni qanday olib tashlash mumkin?

Sud yoki MIB tomonidan aliment to‘lovchilarning xorijga chiqishi vaqtincha cheklanishi mumkin.

Chet yelga chiqishga taqiqni 2 ta usul bilan olib tashlash mumkin:

alimentni oldindan to‘lash;

aliment bo‘yicha garov shartnomasini tuzish.

2. Alimentning qancha davrini oldindan to‘lash kerak?

Aliment oldindan 5 yildan kam bo‘lmagan muddatga to‘lanishi kerak. Bolalar voyaga yetgunigacha bo‘lgan davr 5 yildan kam bo‘lsa, alimentlarni oldindan to‘lash qolgan davr uchun amalga oshiriladi.

3. Garov shartnomasi miqdori qancha?

Alimentni to‘lashni garov bilan ta’minlash ham mumkin va bunda garov qiymati BHMning 250 baravari (85 mln so‘m)dan kam bo‘lmasligi lozim. Har qanday mol-mulk (avtomobil, do‘kon, uy-joy, kvartira) garov bo‘lishi mumkin.

4. Kimga murojaat qilish kerak?

Alimentni oldindan to‘lash yoki alimentni garov bilan ta’minlash uchun ijro hujjatini bergan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga murojaat qilinadi.

Bunda sudga ijro hujjatini ijro yetish usuli va tartibini o‘zgartirish to‘g‘risida ariza beriladi. Ariza namunalarini bu yerda olish mumkin.

Arizaga MIB tomonidan berilgan aliment to‘lovlaridan qarzdorligi mavjud yemasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma, davlat ijrochisining oldindan to‘lash belgilangan alimentlar summasini hisoblash to‘g‘risidagi qarori ilova qilinishi shart.

Aliment garov bilan ta’minlanganda yesa garov shartnomasi ham ilova qilinishi kerak.

Bundan tashqari, arizada alimentni oyma-oy to‘lab borish uchun to‘sqinlik qiladigan obektiv holatlar ko‘rsatiladi (boshqa mamlakatga tashrif buyurish to‘g‘risida taklifnoma, boshqa mamlakatda ishga tayinlanganligi to‘g‘risidagi buyruq va h.k.).

5. MIB ma’lumotnomani qancha muddatda berishi lozim?

Qarzdorlik mavjud yemasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma va davlat ijrochisining oldindan to‘lash belgilangan alimentlar miqdorini hisoblash to‘g‘risidagi qarorini berish to‘g‘risidagi ariza 7 ish kunida ko‘rib chiqiladi.

Hujjatlarni qo‘shimcha o‘rganish talab yetilganda ariza 15 ish kunida ko‘rib chiqilishi mumkin.

Oldindan to‘lash belgilangan alimentlar summasini hisoblash to‘g‘risidagi qaror chiqarilgan kundan boshlab bir oy muddat davomida amal qiladi, bu haqda qarorda ko‘rsatiladi.

6. Garov shartnomasi qanday tuziladi?

Garov shartnomasi notarial tartibda tasdiqlanadi. 

Aliment 2 oydan ortiq muddatda to‘lanmasa, undiruv garovga qo‘yilgan mulkka qaratiladi.


Parkent tumani adliya bo‘limi

YUXKM boshlig’i S.Xasanboyev


 
 
 

Недавние посты

Смотреть все

Комментарии


bottom of page