Muayyan yashash joyiga yega bo‘lmagan shaxslarni maxsus qabulxonalarga joylashtirish tartibi.
- misha19772712
- 26 дек. 2024 г.
- 2 мин. чтения
Sudning ishi ko‘rilayotgan shaxsni muayyan yashash joyiga yega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazilariga joylashtirish to‘g‘risidagi hujjati chiqqanidan keyin muayyan yashash joyiga yega bo‘lmagan shaxs reabilitatsiya markaziga tegishli tuman (shahar) ichki ishlar organlarining xodimlari tomonidan keltiriladi. Ushbu xodim kasariyat hollarda Profilaktika inspektorlari bo‘lishi ham huquqiy tomonlama, ham real amaliyotda ham to‘g‘ri bo‘ladi. chunki, sudgacha hujjatlarni yuritish aynan hudud huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektorlari tomonidan yuritiladi. Reabilitatsiya markazi tomonidan muayyan yashash joyiga yega bo‘lmagan shaxslar tunu-kun qabul qilib olinishi ta’minlanadi. Muayyan yashash joyiga yega bo‘lmagan shaxslar reabilitatsiya markazlariga qabul qilinish jarayonida ularning fotosuratlari va barmoq izlari olinib ro‘yxatga qo‘yiladi, shaxsiy va tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi, ashyolari va buyumlari ko‘zdan kechiriladi hamda kiyimlari va buyumlari dezinfeksiya qilinadi. Bu qoida saqlanayotgan shaxslarning xavfsizligi, salomatligi, tinchligi, huquqbuzarlikdan jabrlanuvchiga aylanishlarini oldini olish maqsadida kiritilgan bo‘lib, ushbu harakatlar muassasa xodimlari tomonidan, olib kelingan shaxslar bilan bir xil jinsdagi xodimlar tomonidan amalga oshiriladi. Fotosuratlar va barmoq izlarining olinishi sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan jinoyat va ma’muriy huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida amalga oshiriladi.
Tuman (shahar) ichki ishlar organlari tomonidan reabilitatsiya markazlarining so‘rov xatlariga asosan fuqarolik holati dalolatnomasini yozish bo‘limi va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga so‘rov xatlari yuboriladi hamda reabilitatsiya markazlarining so‘rov xatlari kelib tushgan kundan boshlab uch kundan kechiktirmay, shaxsning tug‘ilganlik haqidagi dalolatnomasidan va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining aholini ro‘yxatga olish kitobidan ko‘chirmalarni ilova qilgan holda javob xatlari yuboriladi.
Fuqarolik pasportini yo‘qotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining iltimosiga ko‘ra, ularga vaqtinchalik shaxsini tasdiqlovchi ma’lumotnoma beriladi.
Vaqtinchalik shaxsini tasdiqlovchi ma’lumotnoma olish uchun reabilitatsiya markazlari navbatchilari tomonidan muayyan yashash joyiga yega bo‘lmagan shaxslar o‘zlari haqida bergan tushuntirishlardan kelib chiqib, doimiy ro‘yxatda turgan tuman (shahar) ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasiga so‘rov xati yuboriladi. So‘rov xatiga muayyan yashash joyiga yega bo‘lmagan shaxsning arizasi va shaxsiga doir ma’lumotlar ilova qilinadi.
So‘rov xatiga asosan tuman (shahar) ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasi tomonidan uch kun muddatda muayyan yashash joyiga yega bo‘lmagan shaxs nomiga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan tartibda vaqtinchalik shaxsini tasdiqlovchi ma’lumotnoma rasmiylashtirilib, reabilitatsiya markaziga yuboriladi.
Bu harakatlar muayyan yashash joyiga yega bo‘lmagan shaxslarning kimligini aniqlashga, ularning huquqiy maqomini belgilashga, qolaversa, ularning keyinchalik doimiy yoki vaqtinchalik yashash joylariga qaytarilish harakatlarini amalga oshirish uchun zaruriy choralar hisoblanadi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Reabilitatsiya markazlarida saqlanayotgan shaxslarning shaxsi va yashash joyi aniqlanganidan so‘ng ular doimiy yashash joylariga jo‘natiladi hamda bu haqida shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish to‘g‘risida ajrim chiqargan sud yigirma to‘rt soatdan kechiktirmay xabardor qilinadi.
Ushbu qoidaning belgilanishi juda muhimdir. Negaki, muayyan yashash joyiga yega bo‘lmagan shaxsni Reabilitatsiya markaziga joylashtirish to‘g‘risida “qaror” chiqargan sudni ustidan qaror chiqarilgan shaxsning keyingi taqdiri qiziqtirishi zarur. Qolaversa, muayyan yashash joyiga yega bo‘lmagan shaxslarning ham barcha Konstitutsiyaviy va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan huquqlari, yerkinliklari va qonuniy manfaatlari ta’minlanishi shart.
Reabilitatsiya markazlarida shaxsi va yashash joyi aniqlangan shaxslarni doimiy yashash joylariga jo‘natish bo‘yicha reabilitatsiya markazi boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari tomonidan qaror qabul qilinib, qaror qabul qilingan paytdan boshlab yigirma to‘rt soat ichida saqlanayotgan shaxsni doimiy yashash joyiga jo‘natish choralari ko‘riladi.
Parkent tumani adliya bo‘limi
YUXKM boshlig’i S.Xasanboyev

Комментарии