Birovni «propiska»dan qanday chiqarib tashlash mumkin?
- misha19772712
- 26 дек. 2024 г.
- 1 мин. чтения
«Propiska» tizimida aksariyat muammoli masalalar birovni doimiy ro‘yxatdan chiqarib tashlash bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, uyni oldi-sotdi qilishda doimiy ro‘yxatdagi kishilarning roziligini olish kerak, ammo ushbu kishilarning hammasi ham o‘sha paytda topib bo‘lmaydi. Yoki yangi sotib olingan uyda avvalgi egalari ro‘yxatda qolib ketgan yoki elektron tizimlardagi texnik xatoliklar tufayli umuman begona kishilar «propiskaga kirib qolgan». Xo‘sh, shunday vaziyatlarda ularni qanday ro‘yxatdan chiqarib yuborish mumkin?
Fuqaroning doimiy ro‘yxatga olinganligi quyidagi hollarda bekor qilinadi:
respublika hududida bir manzildan boshqa manzilga doimiy ro‘yxatga olinganda;
mulkdor o‘zgarganda, uning arizasi va uy-joyga egalik qilishni tasdiqlovchi hujjatlar asosida;
sudning fuqaroni uy-joydan foydalanish huquqini yo‘qotgan, shaxsni bedarak yo‘qolgan deb topish va ko‘chirish haqidagi qarori asosida;
xorijga doimiy yashashga ketganda;
soxta hujjatlar yoki haqiqatga muvofiq bo‘lmagan hujjatlar asosida doimiy ro‘yxatga olinganligi aniqlanganda;
umrbod ozodlikdan mahrum qilinganda;
vafot etganda.
Shuningdek, mulkdorning arizasiga ko‘ra – turar joyga nisbatan mulkiy huquqlarga yoki mulkdor bilan qarindoshlik aloqalariga ega bo‘lmagan kishilar ham ro‘yxatdan chiqariladi.
Parkent tumani adliya bo‘limi
YUXKM boshlig’i S.Xasanboyev

Комментарии