Davlat bolalar muassasalari tarbiyasi va ta’minotidagi bolalarni farzandlikka olish
- misha19772712
- 26 дек. 2024 г.
- 1 мин. чтения
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 77-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq davlat va jamiyat yetim bolalarni hamda ota-onasining vasiyligidan mahrum bo‘lgan bolalarni boqishni, tarbiyalashni, ularning ta’lim olishini, sog‘lom, to‘laqonli va har tomonlama kamol topishini ta’minlaydi, shu maqsadda xayriya faoliyatini rag‘batlantiradi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, oilaviy munosabatlardan, ota-ona mehridan, qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat va jamiyat o‘z himoyasiga olib, alohida g‘amxo‘rlik ko‘rsatib, ularning har tomonlama komil inson bo‘lib yetishishlarini ta’minlash maqsadida mazkur bolalarni voyaga yetkazish, tarbiyalash va o‘qitishni o‘z zimmasiga oladi.
Umuman olganda, voyaga yetmagan bolani farzandlikka olishda har doim mas’ul shaxslar roziligi talab qilinadi. Bolalar «Mehribonlik uylari», bolalar shaharchasi, ijtimoiy himoyalash tashkilotida, tibbiy muassasada tarbiyalanayotgan hollarda, agar ularning ota-onasi roziligi talab etilmaydigan bo‘lsa, ushbu muassasa rahbari farzandlikka olishga rozilik bildiradi. Shunday holatlar ham bo‘lishi mumkinki, bola tarbiyalanayotgan davlat muassasasi rahbari farzandlikka olishga rozilik bermaydi. Bunday hollarda ushbu masala ish sudda ko‘rilayotgan vaqtda hal qilinadi.
Parkent tumani adliya bo‘limi
YUXKM boshlig’i S.Xasanboyev

Комментарии