Fuqarolarning saylov huquqi va kafolatlari
- misha19772712
- 26 дек. 2024 г.
- 3 мин. чтения
Saylov — ovoz berish orqali davlat organlari, mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlari va boshqa tuzilmalarni tashkil yetish vositasi. Fuqarolarning o‘z saylov huquqini amalga oshirishi — ularning davlatni boshqarishda ishtirok yetishining yeng muhim shakllaridan biri.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi 128-moddasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov tegishincha ularning konstitusiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda — oktyabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkazilishi belgilangan. Shunga ko‘ra, Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari saylovi 2024 yil 27 oktabr yetib belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok yetish huquqiga yegadirlar. Bu huquq fuqarolarning referendumlarda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida va hokimiyatning vakillik organlari saylovida qatnashishi orqali amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy mavqei, irqiy va milliy mansubligi, jinsi, ma’lumoti, tili, dinga munosabati, mashg‘ulotining turi va xususiyatidan qat’i nazar teng saylov huquqiga yegadir.
Saylov kodeksining 4-moddasiga muvofiq saylov kuniga qadar yoki saylov kuni 18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari saylash huquqiga yegadir.
Saylovda ishtirok yetuvchi har bir fuqaro bir ovozga yega bo‘ladi.
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir yetganlik uchun sudning hukmiga ko‘ra ozodlikdan mahrum yetish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylovda ishtirok yetish huquqidan faqat qonunga muvofiq hamda sudning qarori asosida mahrum yetilishi mumkin. Boshqa har qanday hollarda fuqarolarning saylov huquqlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Yashirin ovoz berish saylovchining xohish-irodasi ustidan har qanday tarzda nazorat qilish imkoniyatini istisno yetadigan tegishli sharoitlarni yaratish orqali ta’minlanadi.
Saylovchilar o‘z xohish-irodalarini yerkin bildirish va yashirin ovoz berish huquqiga yegadirlar. Uchastka saylov komissiyalari ovoz berishni maxsus ajratilgan binolarda tashkil yetib, fuqarolarga xohish-irodani yerkin va yashirin ravishda bildirish imkoniyatini yaratadilar.
Saylovchilarga uchastka saylov komissiyasining binosida saylovchilar ro‘yxati bilan oldindan tanishib chiqish imkoniyati ta’minlanadi.
Saylovchilarni saylov komissiyalari o‘z ishi to‘g‘risida, saylov okruglari, uchastkalari tuzilganligi haqida, saylov komissiyalarining tarkibi, ularning joylashgan yeri va ish vaqti to‘g‘risida xabardor yetadi, saylovchilarning ro‘yxatlari, saylovda ishtirok yetayotgan siyosiy partiyalarning ro‘yxati bilan tanishtiradi, Qonunchilik palatasi deputatligiga, mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlar to‘g‘risidagi, shuningdek ovoz berish va saylov yakunlari haqidagi ma’lumotlarni ma’lum qiladi.
Saylovchi saylovchilar ro‘yxati bilan tanishish jarayonida o‘zi haqidagi ma’lumotlar xato kiritilgan yoki o‘zi istiqomat qilayotgan hududdan boshqa hududda joylashgan saylov uchastkasidagi saylovchilar ro‘yxatiga kiritilganligini aniqlagan taqdirda, bevosita o‘zi istiqomat qilib turgan hududdagi saylov uchastkasiga borib ham murojaat qilishi mumkin.
Harbiy qismlardagi harbiy xizmatchi-saylovchilarning, shuningdek harbiy xizmatchilarning harbiy qismlar joylashgan hududlarda yashovchi oila a’zolari va boshqa saylovchilarning ro‘yxati harbiy qismlarning komandirlari taqdim yetadigan ma’lumotlar asosida tuziladi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti (agar saylovchi fuqaro chet davlatda bo‘lsa, xorijga chiqish pasporti yoki diplomatik pasporti) yoki identifikasiya ID-kartasi seriyasi va raqami, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiya raqami, familiyasi, ismi, otasining ismi (davlat tilida, lotin yozuvida), tug‘ilgan sanasi (yil, oy, kun – raqamlar bilan yoziladi), doimiy yoki vaqtincha istiqomat qilayotgan fuqarolarning yashash joyi manzili va uning kadastr raqami Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi tomonidan taqdim yetiladigan saylovchi fuqarolar to‘g‘risidagi axborotlar hisoblanadi.
Saylovchilar ro‘yxatlari Saylov jarayoni boshqarish axborot tizimida Saylovchilarning yagona yelektron ro‘yxati asosida saylov uchastkalari kesimida avtomatik tarzda taqsimlanadi.
Fuqarolarga Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-sayti (saylov.uz) va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali saylovchilar ro‘yxatidan o‘zlariga tegishli ma’lumotlar bilan tanishish imkoniyati yaratilgan, shu jumladan o‘zi ovoz beradigan saylov uchastkasi va uni joylashgan joyi haqida to‘liq ma’lumotni olishlari mumkin. Shuningdek, uchastka saylov komissiyasi binosida ham saylovchilar ro‘yxati bilan tanishishlari mumkin.
Ovoz berish binolari jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarning kirishiga qulay, shu jumladan ovoz berish binoning birinchi qavatida bo‘lishi, avtotransport vositalari to‘xtab turish joylarida nogironligi bo‘lgan shaxslarga alohida joy ajratiladi.
Uchastka saylov komissiyasi binosiga kirish joyida nogironlar aravachasiga moslashtirilgan nishab yo‘laklari (panduslar) bo‘lishi va ular belgilangan talablarga mos kelishi kerak.
Binoga kirishda nishab yo‘laklarini o‘rnatish imkoni bo‘lmasa, kirish joyida “yordamga chaqirish” tugmasi o‘rnatiladi.
Shuningdek, saylovchilar ro‘yxatida ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi saylovchilar mavjud bo‘lgan saylov uchastkalari optik lupalar (kattalashtiruvchi oynalar), qo‘shimcha yoritkichlar, stul hamda Brayl alifbosi asosida tayyorlangan trafaretlar bilan jihozlanishi mumkin.
Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan saylovchilar uchun axborot stendlarida katta hajmdagi shriftlarda va (yoki) Brayl alifbosidagi materiallar joylashtirilishi mumkin.
Saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga yega bo‘lmagan saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga yega. Muddatidan oldin ovoz berish saylovga 10 kun qolganida boshlanadi va saylovga 3 kun qolganida tugallanadi.
Ayrim saylovchilar sog‘lig‘ining holatiga yoki boshqa sabablarga ko‘ra ovoz berish binosiga kela olmagan hollarda, tegishli uchastka saylov komissiyasi ovoz berishni ushbu saylovchilarning saylov kuni yoki saylov kuniga qadar qilgan yozma yoki og‘zaki iltimosiga binoan ular turgan joyida tashkil yetadi.
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, ushbu saylov jarayonlarida fuqarolarning saylash huquqini ta’minlash, ularga belgilangan tartib-taomillar asosida sharoitlar yaratish va saylovni ochiq, adolatli va albatta teng saylov huquqi asosida o‘tkazilishi muhim ahamiyatga yega. Chunki ushbu jarayonlar O‘zbekistonning jahonda tutgan o‘rni, xalqaro nufuzi va imidjiga bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatadi.
Parkent tumani adliya bo‘limi
YUXKM boshlig’i S.Xasanboyev

Комментарии