top of page
Поиск

Haydovchi YPX xodimi bilan gaplashganini o‘zining telefoniga yozib olsa bo‘ladimi?

  • misha19772712
  • 26 дек. 2024 г.
  • 1 мин. чтения

Haydovchi YPX xodimi bilan o‘zaro munosabatini o‘ziga tegishli audio, foto va video qurilmaga qayd qilishi mumkin.

Shuningdek, haydovchilar xizmatni mobil videokamerasiz olib borayotgan YPX xodimiga hujjatlarni taqdim yetmaslik huquqiga yega.

YPX xodimi o‘zining dislokasiyasidan tashqarida faoliyat olib borishi mumkinmi?


YPX xodimi o‘ziga biriktirilgan hudud dislokasiyasidan tashqarida faoliyat olib borishi mumkin yemas.

YPX xodimining o‘ziga biriktirilgan dislokasiyadan tashqarida rasmiylashtirgan bayonnomalari yuridik kuchga yega bo‘lmaydi va huquqiy oqibatlar keltirib chiqarmaydi.

Biroq avariya holatini yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan qoidabuzarliklar aniqlanganda, YPX xodimi dislokasiyasidan tashqarida ham ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnomalar rasmiylashtirishi mumkin.

Haydovchi YPX xodimining dislokasiyasi haqida ma’lumot olish uchun DYHXX saf bo‘limiga murojaat yetishi kerak.

Parkent tumani adliya bo‘limi

YUXKM boshlig’i S.Xasanboyev

 
 
 

Недавние посты

Смотреть все

Комментарии


bottom of page