top of page
Поиск

Homiladorlik va tug‘ish ta’tili berish tartibi

  • misha19772712
  • 2 авг. 2024 г.
  • 1 мин. чтения

O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 404-moddasida homiladorlik va tug'ish ta'tili berish tartibi belgilangan bo'lib unga ko'ra, ayolga tug‘ruqqacha yetmish kalendar kun hamda tug‘ruqdan keyin ellik olti kalendar kun (tug‘ish qiyin kechgan yoxud ikki yoki undan ortiq bola tug‘ilgan taqdirda yetmish kalendar kun) homiladorlik va tug‘ish ta’tili berilib, qonunchilikda belgilangan, lekin o‘rtacha oylik ish haqining yetmish besh foizidan kam bo‘lmagan miqdorda nafaqa to‘lanadi.

Moddaning II qismiga muvofiq, homiladorlik va tug‘ish ta’tili ayolga jamlangan holda hisoblab chiqarilib, tug‘ruqqacha haqiqatda foydalanilgan kunlar sonidan qat’i nazar, to‘liq berilishi belgilangan.

Homiladorlik va tug‘ish nafaqasini tayinlash hamda to‘lash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.


ree

Parkent tuman adliya bo'limi

YXKM bosh yuristkonsulti 02.08.2024

 
 
 

Недавние посты

Смотреть все

Комментарии


bottom of page