Jismoniy shaxslar uyiga quyosh elektr panellarini o‘rnatgan holda, mol-mulk yer solig‘idan ozod etiladi
- misha19772712
- 26 дек. 2024 г.
- 1 мин. чтения
Soliq kodeksining 421-moddasi birinchi kismi 4-bandiga hamda 436-moddasi birinchi qismi 7-bandiga asosan energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib ko‘yilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi jismoniy shaxslar qayta tiklanadigan energiya manbalari o‘rnatilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga mol-mulk va yer solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi.
Mazkur imtiyozlar energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘lik uzib ko‘yilgan xolda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risida energiya ta’minoti tashkilotlari tomonidan berilgan ma’lumotnoma asosida beriladi.
Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 16 fevraldagi PQ 57-sonli qarorining 9-bandiga asosan 2023 yil 1 apreldan boshlab umumiy quvvati 100 kVtgacha bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatgan jismoniy va yuridik shaxslar ushbu qurilmalar bo‘yicha mol-mulk solig‘i, qurilmalar bilan band bo‘lgan uchastkalar bo‘yicha ep solig‘i hamda yuridik shahslar tomonidan umumiy tarmoqqa sotgan elektr energiyasi uchun olgan foydasidan xisoblanadigan foyda solig‘ini to‘lashdan ular Foydalanishga topshirilgan paytdan e’tiboran uch yil muddatga, o‘rnatilayotgan kuyosh panellarining quvvatiga nisbatan 25 foizdan kam bo‘lmagan kuvvatga ega elektr energiyasini saqlash tizimi bilan o‘rnatilgan bo‘lsa — o‘n yil muddatga ozod etiladi.
Parkent tumani adliya bo‘limi
YUXKM boshlig’i S.Xasanboyev

Комментарии