top of page
Поиск

Mehnat intizomini buzgan xodimga qanday chora ko’riladi?

  • misha19772712
  • 26 дек. 2024 г.
  • 1 мин. чтения

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda savdo do’koni xodimi qilgan xatosi tufayli boshqa ishchi tomonidan "samosud" qilingani haqida videolar tarqaldi. Xo’sh, aslida xodim mehnat intizomini buzsa qonunchilikda unga qanday chora ko’rish belgilangan?

Ish beruvchi bilan xodim o’rtasidagi munosabatlarda xodimlar o’zlariga yuklatilgan vazifalarni, majburiyatlarni ma’lum bir vaqtda yetarli darajada bajarmasligi mumkin, ya’ni intizomni buzishi mumkin. Buning uchun qonunda belgilangan jazo turlari, ta’sir choralari bor. Agar xodimlar ishxonada, korxonada, idorada o’ziga yuklangan vazifalarni, majburiyatlarni lozim darajada bajarmaydigan bo’lsa, intizomni buzadigan bo’lsa, Mehnat kodeksining 312-moddasiga asosan 3 xil intizomli jazo turlari bor. Shulardan bittasiga asosan javobgarlikka tortiladi. Bundan boshqa jazo turlarini o’z bilganicha qo’llashga hyech kimning haqqi yo’q.

Mehnat intizomini buzganligi uchun ish beruvchi xodimga quyidagi intizomiy jazo choralarini (MKning 312-moddasi) qo’llashga haqli:

1) hayfsan;

2) o’rtacha oylik ish haqining o’ttiz foizidan ko’p bo’lmagan miqdorda jarima. Ichki mehnat tartibi qoidalarida xodimga o’rtacha oylik ish haqining ellik foizidan ko’p bo’lmagan miqdorda jarima solinishi hollari nazarda tutilishi mumkin. Xodimning ish haqidan jarima ushlab qolish ish beruvchi tomonidan ushbu kodeksning 269 va 270-moddalari talablariga rioya etgan holda amalga oshiriladi;

3) mehnat shartnomasini bekor qilish (ushbu kodeks 161-moddasi ikkinchi qismining 4 va 5-bandlari). Ushbu kodeksda boshqa qonunlarda, intizom to’g’risidagi ustavlar yoki nizomlarda nazarda tutilmagan intizomiy jazo choralarini qo’llashga yo’l qo’yilmaydi.


Parkent tumani adliya bo‘limi

YUXKM boshlig’i S.Xasanboyev

 
 
 

Недавние посты

Смотреть все

Комментарии


bottom of page