Mehnat nizosi sudda 20 kundan kechiktirmay ko‘rib chiqilishi kerak!
- misha19772712
- 26 дек. 2024 г.
- 1 мин. чтения
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi 207-moddasiga binoan ishlar sud muhokamasiga tayyorlab bo‘lingan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay sud tomonidan ko‘riladi va hal qilinadi.
Bu muddat o‘ta murakkab ishlar bo‘yicha sudyaning asoslantirilgan ajrimiga ko‘ra ikki oygacha uzaytirilishi mumkin, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan ishlar mustasno.
Mazkur moddaning ikkinchi qismiga ko‘ra aliment undirish haqidagi, mayib bo‘lganlik yoki sog‘liqqa boshqacha tarzda shikast yetkazilganligi, shuningdek boquvchisining vafot etganligi munosabati bilan yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi ishlar hamda mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablar bo‘yicha ishlar sud muhokamasiga tayyorlab bo‘lingan kundan e’tiboran yigirma kundan kechiktirmay birinchi instansiya sudi tomonidan ko‘rilishi kerak.
Parkent tumani adliya bo‘limi
YUXKM boshlig’i S.Xasanboyev

Комментарии