top of page
Поиск

Mehnat qonunchiligida homilador va yosh bolali ayollarga bir qator qo‘shimcha kafolat va imtiyozlar taqdim qilingan. Mazkur kafolat va imtiyozlarni ko‘rib chiqamiz.

  • misha19772712
  • 26 дек. 2024 г.
  • 1 мин. чтения

2 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollar uchun kafolat va imtiyozlar:

• 2 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolani parvarish qilayotgan ayollarga ularning xohishiga ko‘ra, har yili 14 kalendar kundan kam bo‘lmagan muddat bilan ish haqi saqlanmagan holda muqarrar tartibda ta’til beriladi (Mehnat kodeksining 150-moddasi).

• 2 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollar avvalgi ishini bajarishi mumkin bo‘lmagan taqdirda, bolasi ikki yoshga to‘lgunga qadar avvalgi ishidagi o‘rtacha oylik ish haqi saqlangan holda yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining ta’siridan holi bo‘lgan ishga o‘tkaziladi (MKning 227-moddasi).

Homiladorlik va tug‘ish ta’tili tugaganidan keyin ayolning xohishiga ko‘ra, unga bolasi ikki yoshga to‘lgunga qadar bolani parvarishlash uchun ta’til berilib, bu davrda qonunchilikda belgilangan tartibda nafaqa to‘lanadi.

Bola parvarishi bo‘yicha nafaqa parvarish qilinayotgan bolalar sonidan va nafaqa oluvchi shaxsning mehnat stajidan qat’i nazar har oyda mehnatga haq to‘lashning yeng kam miqdorining 60 foizi miqdorida to‘lanadi.

Bu nafaqa byudjet tashkilotlarida ishlovchi onalarga to‘lanmaydi (MKning 234-moddasi).

2 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollarga dam olish va ovqatlanish uchun beriladigan tanaffusdan tashqari, bolani ovqatlantirish uchun qo‘shimcha tanaffuslar ham beriladi. Bu tanaffuslar kamida har 3 soatda bir marta, har biri 30 minutdan kam bo‘lmagan muddat bilan beriladi. 2 yoshga to‘lmagan ikki va undan ortiq bolasi bo‘lgan taqdirda, tanaffusning muddati kamida bir soat qilib belgilanadi (MKning 236-moddasi).



Parkent tumani adliya bo‘limi

YUXKM boshlig’i S.Xasanboyev


 
 
 

Недавние посты

Смотреть все

Комментарии


bottom of page