top of page
Поиск

Mehnat shartnomasini xodimning arizasiga ko‘ra bo‘shatgan to‘g‘rimi yoki bir marta qo‘pol tarzda buzgani uchun MK 161-modda bilan bo‘shatgan.

  • misha19772712
  • 26 дек. 2024 г.
  • 1 мин. чтения

Amaliyotda bunday holatlarga qo‘p duch kelamiz xodim mehnat intizomini bir marta qo‘pol tarzda buzgan va buni anglagan holda o‘zining ishdan bo‘shash arizasini ham yozgan. Mazkur vaziyatda ish beruvchida xodimni qaysi asos bilan ishdan bo‘shatgan afzal degan ikkilanish paydo bo‘ladi.

Qaysi modda bilan ishdan bo‘shatgan to‘g‘ri bo‘ladi?

Mehnat kodeksining 160-moddasi xodimning tashabbusiga ko‘ra mehnat shartnomasini bekor qilishni tartibga soladi. Mazkur moddaning 4-qismini qo‘llagan holda yoki MKning 157-moddasi taraflarning kelishuviga ko‘ra mehnat shartnomasini bekor qilish mumkin. Endi holatga bevosita to‘xtaladigan bo‘lsak, masalan xodim ariza yozdi agar ish beruvchi rozi bo‘lsa MKning 160-moddasi 4 qismini qo‘llagan halda o‘sha kunning o‘zida mehnat shartnomasini bekor qilishi mumkin.

Biroq ish beruvchi buni xohlamasa, xodimning 161-modda mehnat intizomini bir marta qo‘pol tarzda buzish bilan mehnat shartnomasini bekor qilishni istasa, 14 kunlik muddat o‘tishi jarayonida mehnat shartnomasini MK 161-modda bilan bekor qilishi mumkin. Bunda shuni e’tiborga olish kerakki, ish beruvchi shu 14 kun ichida kasaba uyushmasining roziligini olishi kerak. Biroq ish beruvchi 14 kun ichida mehnat shartnomasini bekor qila olmasa, xodimning tashabbusiga ko‘ra mehnat shartnomasini bekor qilishga majbur bo‘ladi chunki 14 kunlik ogohlantirish muddati o‘tgan bo‘ladi.


Parkent tumani adliya bo‘limi

YUXKM boshlig’i S.Xasanboyev

 
 
 

Недавние посты

Смотреть все

Комментарии


bottom of page