Menga hadya qilingan mashinada xotinimning ulushi bormi?
- misha19772712
- 26 дек. 2024 г.
- 1 мин. чтения
Turmush o’rtog’im bilan nikohimiz davrida otam menga mashina sovg’a qilgan edi. Turmush o’rtog’im bilan ayrim sabablarga ko’ra ajrashganmiz. Hozirda sobiq turmush o’rtog’im avtomashinadan ulush talab qilyapti. Bu to’g’rimi?
Qonunchilikka ko’ra, O’zbekiston Respublikasining Oila kodeksining 25-moddasida: “Er va xotinning har birining mulki er va xotinning nikohga qadar o’ziga tegishli bo’lgan mol-mulki, shuningdek, ulardan har birining nikoh davomida hadya, meros tariqasida yoki boshqa bepul bitimlar asosida olgan mol-mulki ulardan har birining o’z mulki hisoblanadi”, deb belgilangan.
Demak hadya tariqasida berilgan har qanday mol-mulkdan ulush talab qilish noto’g’ri.
Parkent tumani adliya bo‘limi
YUXKM boshlig’i S.Xasanboyev

Комментарии