top of page
Поиск

Meros masalasi asosan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi talablariga tayaniladi. Unga ko‘ra, vorislik vasiyat va qonun bo‘yicha amalga oshiriladi.

  • misha19772712
  • 26 дек. 2024 г.
  • 1 мин. чтения

Meros ochilgan vaqt

Meros ochilgan paytda meros qoldiruvchiga tegishli bo‘lgan, uning o‘limidan keyin ham bekor bo‘lmaydigan barcha huquq va majburiyatlar meros tarkibiga kiradi. Meros qoldiruvchiga tegishli bo‘lgan shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy boyliklar merosxo‘rlar tomonidan amalga oshirilishi va himoya qilinishi mumkin.

Meros fuqaroning o‘limi yoki uning sud tomonidan vafot yetgan deb ye’lon qilinishi oqibatida ochiladi. Meros qoldiruvchining o‘lgan kuni (zarurat bo‘lganda payti ham), u vafot yetgan deb ye’lon qilinganda yesa, agar sudning qarorida boshqa muddat ko‘rsatilgan bo‘lmasa, vafot yetgan deb ye’lon qilish to‘g‘risidagi sudning qarori kuchga kiradigan kun meros ochilgan vaqt hisob­lanadi.

Meros huquqiga da’vogar shaxslar

Meros ochilgan paytda hayot bo‘lgan fuqarolar, shuningdek, meros qoldiruvchining hayotlik paytida homila holida bo‘lgan va meros ochilgandan keyin tug‘ilgan bolalari vasiyat va qonun bo‘yicha merosxo‘r bo‘ladilar. Qolaversa, meros ochilgan paytda tuzilib bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek, davlat va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari ham vasiyat bo‘yicha merosxo‘r bo‘lishlari mumkin.

Qonun bo‘yicha merosxo‘rni merosdan mahrum yeish, agar vasiyatnomadan boshqa hol kelib chiqmasa, bu vasiyat qiluvchining taqdim yetish huquqi bo‘yicha vorislik qiladigan avlodlariga nisbatan tatbiq yetilmaydi.

Meros qoldiruvchining bolalari (shu jumladan, farzandlikka olingan bolalari), yeri (xotini) va ota-onasi (farzandlikka oluvchilar) teng ulushlarda qonun bo‘yi­­cha birinchi navbatdagi voris­lik huquqiga yega bo‘ladilar. Meros qoldiruvchining vafotidan keyin tug‘ilgan bolalari ham birinchi navbatdagi vorislar jumlasiga kiradilar. Meros qoldiruvchining vafotiga qadar kamida bir yil


Parkent tumani adliya bo‘limi

YUXKM boshlig’i S.Xasanboyev



 
 
 

Недавние посты

Смотреть все

Комментарии


bottom of page