top of page
Поиск

O‘gay ota va o‘gay onaning o‘gay o‘g‘il va o‘gay qizlariga ta’minot berish majburiyati

  • misha19772712
  • 26 дек. 2024 г.
  • 1 мин. чтения

Amaldagi oila qonunchiligi nafaqat qarindoshlar va tarbiyalanuvchilar o‘rtasidagi o‘zaro ta’minot munosabatlarini, balki o‘gay ota va o‘gay onaning o‘gay o‘g‘il va o‘gay qizlariga ta’minot berish munosabatlarini ham nazarda tutadi. Xususan, voyaga yetmagan o‘gay o‘g‘il va o‘gay qizlar yoki voyaga yetgan yordamga muhtoj, mehnatga layoqatsiz o‘gay o‘g‘il va o‘gay qizlar, muayyan shartlar mavjud bo‘lganda, o‘gay ota va o‘gay onadan ta’minot olishlari mumkin bo‘lganidek, mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj o‘gay ota va o‘gay ona ham o‘gay o‘g‘il va o‘gay qizlardan ta’minot talab qilishga haqli hisoblanadi.

Oila kodeksining 127-moddasida esa voyaga yetmagan o‘gay o‘g‘il va o‘gay qizlarning o‘gay ota va o‘gay onadan ta’minot talab qilishi mumkin bo‘lgan quyidagi shartlar belgilangan:

  • o‘gay ota va o‘gay onaning tarbiyasida yoki ta’minotida bo‘lishi;

  • ota-onasi yo‘qligi;

  • o‘z ota-onasidan yetarli mablag‘ ololmayotganligi.

O‘gay ota va o‘gay onaning tarbiyasida yoki ta’minotida bo‘lishi o‘gay o‘g‘il va o‘gay qizlarning otasi yoki onasi tomonidan o‘gay ota va o‘gay ona bilan bog‘lanishini anglatadi. Masalan, onasi boshqa erkakka turmushga chiqqan bolaga onasining eri o‘gay ota hisoblanadi yoki aksincha o‘gay ona bo‘ladi. Bunda onasining vafoti munosabati bilan u o‘gay otaning tarbiyasi yoki ta’minotida qolishi mumkinki, bu holatda o‘gay ota keltirib o‘tilgan shartlar mavjud bo‘lganda o‘gay o‘g‘li yoki o‘gay qiziga ta’minot berishi lozim bo‘ladi.

Voyaga yetgan o‘gay o‘g‘il va o‘gay qizlar o‘gay ota va o‘gay onadan quyidagi shartlar mavjud bo‘lganda ta’minot olishlari mumkin:

  • yordamga muhtoj va mehnatga layoqatsiz bo‘lsa;

  • ota-onasi, eri yoki xotini (sobiq eri yoki xotini) va voyaga yetgan mehnatga layoqatli bolalari bo‘lmasa;

  • ushbu shaxslar ta’minot uchun yetarli mablag‘ ololmasa.

Umuman olganda, o‘gay o‘g‘il va o‘gay qizlarning o‘gay ota va o‘gay onadan ta’minot olishi ularning o‘zaro kelishuviga ko‘ra va bunday kelishuv bo‘lmasa, ta’minot olishni sud tartibida undirishlari mumkin.

 
 
 

Недавние посты

Смотреть все

Комментарии


bottom of page