O‘qituvchilarga imtiyozli subsidiya berish boshlandi
- misha19772712
- 26 дек. 2024 г.
- 1 мин. чтения
“Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 51 sonli Prezident farmoniga ko‘ra o‘qituvchilarning ba’zi toifalariga imtiyozli asosda subsidiya ajratilishi belgilangan. Quyida imtiyozdan foydalanuvchi o‘qituvchilar toifasi bilan batafsil tanishishingiz mumkin.
Ta’lim krediti faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiydiganlar uchun ajratiladi – hukumat qarori
Vazirlar Mahkamasining 16 sentyabrdagi qarori bilan ta’lim krediti ajratishga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Endilikda:
-oliy va professional ta’lim tashkilotlarida tahsil olish uchun ta’lim kreditini faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan talaba va o‘quvchilarga ajratish tizimini yo‘lga qo‘yish;
-oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatgichi “3” dan past bo‘lgan taqdirda, to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida ta’lim krediti ajratish amaliyoti joriy qilinadi.
Shuningdek, oliy ta’lim tashkilotlari talabalari uchun ta’lim krediti ular to‘g‘risidagi ma’lumot Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining kontrakt.edu.uz va HEMIS axborot tizimida;
o‘rta-maxsus va professional ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari uchun esa ular to‘g‘risidagi ma’lumot prof.edu.uz axborot tizimida mavjud bo‘lgan taqdirda ajratiladi.
Parkent tumani adliya bo‘limi
YUXKM boshlig’i S.Xasanboyev

Комментарии