O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tishning nima afzalligi bor?
- misha19772712
- 26 дек. 2024 г.
- 1 мин. чтения
“Ro‘yxatdan o‘tmasam ham shu ishlar bilan bemalol shug‘ullanib kelyapman” – deb o‘ylashingiz mumkin.
Ro‘yxatdan o‘tishning bir qancha afzalliklari bor. Birinchidan, o‘zini o‘zi band qilgan shaxs cifatida ro‘yxatdan o‘tgan shaxslar yiliga kamida BHMning 1 baravari miqdorida (340 ming so‘m) ijtimoiy soliq to‘laydi. Mana shu to‘langan soliq shaxsga mehnat stajini hisoblab chiqarish uchun asos bo‘ladi, ya’ni pensiya uchun staj qo‘shiladi. To‘lovning nomi soliq deb nomlansada, u to‘liq Pensiya jamg‘armasiga o‘tkaziladi va keyinchalik shaxsga pensiya shu to‘langan puldan hisoblab chiqariladi. Agar shaxs BHMning 1 baravari yemas ko‘proq to‘laydigan bo‘lsa, pensiya ham shunga mos ko‘proq chiqadi.
Ikkinchidan, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar topadigan puldan soliq olinmaydi.
Uchinchidan, faoliyatni rivojlantirish, kengaytirish uchun kreditlar olmoqchi bo‘lganda yoki bankdan istalgan boshqa kredit, ipoteka, avtokredit olmoqchi bo‘lganda, aksariyat banklar rasmiy daromad manbaini so‘rashadi. O‘zini o‘zi band qilgan shaxs cifatida ro‘yxatdan o‘tishda daromad rasmiy tasdiqlanadi.
Parkent tumani adliya bo‘limi
YUXKM boshlig’i S.Xasanboyev

Комментарии