top of page
Поиск

Ov qilish va ovchilik xo‘jaliklari faoliyati yanada takomillashtiriladi

  • misha19772712
  • 26 дек. 2024 г.
  • 1 мин. чтения

“Respublikada ov qilish va ovchilik xo‘jaliklari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-105-son, 23.07.2024 y.) qabul qilindi

Farmonga ko‘ra, 2024 yil 1 sentyabrdan ovchilik xo‘jaligini tashkil yetishning quyidagi tartibi o‘rnatiladi:

-ov qilish faqat ovchilik xo‘jaliklari hududida amalga oshiriladi va ovchilik xo‘jaliklari hududidan tashqarida ov qilishni amalga oshirish taqiqlanadi;

-ovchilik xo‘jaliklarini tashkil yetish uchun yer yuridik va jismoniy shaxslarga yelektron onlayn-auksion orqali 49 yil muddatga quyidagi bosqichlarda ijara huquqi asosida ajratiladi:

1️ bosqichda – 10 yil muddatga;

Investisiya va shartnomaviy majburiyatlarni bajarish natijalariga ko‘ra:

2️bosqichda – 10 yil muddatga;

3️ bosqichda – 29 yil muddatga.

Bunda, 2 yil muddat ichida yovvoyi hayvonlarni yetishtirish va takror ko‘paytirish bo‘yicha pitomniklar infratuzilmasi yoki takror ko‘paytirish uchastkasi tashkil qilinmasa, ijara shartnomasi bekor qilinadi.

Elektron onlayn-auksion g‘olibi bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarga ovchilik xo‘jaliklariga (ovchilik bazalari va pitomniklarga) tutash hududdagi ov qilish joylari ovchilik xo‘jaligini yuritish uchun biriktirib beriladi.


Parkent tumani adliya bo‘limi

YUXKM boshlig’i S.Xasanboyev



 
 
 

Недавние посты

Смотреть все

Комментарии


bottom of page