top of page
Поиск

Pensiya tayinlashda “ish staji kam chiqish” muammosiga duch kelmaslik uchun nima qilish kerak?

  • misha19772712
  • 26 дек. 2024 г.
  • 1 мин. чтения

Masalan, siz biror tashkilotda ishlagansiz, lekin pensiyani hisoblash vaqti kelganda ushbu ishlagan davrdagi ish stajingiz tizimdan chiqmayapti.

Bu muammo o‘sha vaqtda ishlaganligingiz to‘g‘risidagi ma’lumotlar Yagona milliy mehnat tizimi ga kiritilmaganligidan kelib chiqadi.

Bunday hollarda siz tashkilotdan ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish haqidagi buyruqlardan ko‘chirmalar olgan holda va ushbu joyda mazkur davr mobaynida mehnat faoliyati yuritganlik faktini tasdiqlatishingiz kerak bo‘ladi.

Shuning uchun, biror tashkilotga ishga joylashayotganingizda yoki u yerdan bo‘shaganingizda doimo tashkilotning kadrlar bo‘yicha xodimidan ma’lumotlaringizni my.mehnat.uz bazasida to‘liq raqamlashtirilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni so‘rab oling.


Parkent tumani adliya bo‘limi

YUXKM boshlig’i S.Xasanboyev


 
 
 

Недавние посты

Смотреть все

Комментарии


bottom of page