Piyodalar yo‘lagidan o‘tayotganda nimalarni qilish mumkin emas
- misha19772712
- 26 дек. 2024 г.
- 1 мин. чтения
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeks 138-moddasiga binoan, quyidagi harakatlarni bajarganlik uchun javobgarlik belgilangan:— piyodalarning yo‘l harakatini tartibga soluvchi signallarga bo‘ysunmaslik; — yo‘lning harakat qismini belgilanmagan joylardan kesib o‘tish;— piyodalar yo‘lning qatnov qismida telefondan foydalanishi;— kitoblarni yoki davriy nashrlarni o‘qishi, videomateriallarni tomosha qilish;
— audiomateriallarni yeshitish;
— ye’tiborni chalg‘itadigan boshqa yelektron vositalardan foydalanish;— moped va velosiped haydovchilarining, ulovli aravani boshqarib boruvchi va yo‘ldan foydalanuvchi boshqa shaxslarning yo‘l harakatini tartibga soluvchi signallarga bo‘ysunmaslik,— ustunlik beruvchi, taqiqlovchi yoki ko‘rsatma beruvchi yo‘l belgilari talablariga rioya yetmaslik.
Shuningdek, haydovchilarga har xil xizmat ko‘rsatish maqsadida yo‘lning qatnov qismida fuqarolarning turishi, yo‘llarga ajratilgan mintaqa tegrasida mol boqish — bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslarning yo‘l harakati qoidalarini buzishi avariya holatini vujudga keltirsa, — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Parkent tumani adliya bo‘limi
YUXKM boshlig’i S.Xasanboyev

Комментарии