top of page
Поиск

Qanday hollarda maktabda o’quvchilarni ikki guruhga bo’lib o’qitishga ruxsat etiladi?

  • misha19772712
  • 26 дек. 2024 г.
  • 1 мин. чтения

Malakali o’qituvchilar yetarli bo’lgan quyidagi hollarda sinfdagi o’quvchilarni ikki guruhga bo’lib o’qitishga ruxsat etiladi:

- o’quvchilar soni 25 nafar va undan ziyod bo’lgan umumiy o’rta ta’lim muassasalarining I — XI sinflarida “Chet tili” fani;

- ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan umumiy o’rta ta’lim muassasalarida ixtisoslashgan fanlar;

- V — XI sinflarda “Informatika va axborot texnologiyalari”;

- VIII — XI sinflarda “Jismoniy tarbiya”;

- V — IX sinflarda “Texnologiya”;

- X-XI sinflarda “Chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik” fanlari;

- ta’lim tili o’zbek tili bo’lmagan umumiy o’rta ta’lim muassasalarining II — XI sinflarida “O’zbek tili” fani;

- ta’lim tili rus tili bo’lmagan umumta’lim muassasalarining II — XI sinflarida “Rus tili” fani.


Parkent tumani adliya bo‘limi

YUXKM boshlig’i S.Xasanboyev

 
 
 

Недавние посты

Смотреть все

Комментарии


bottom of page