top of page
Поиск

Raqamli kriminalistika – jinoyatchilikka qarshi kurashning zamonaviy usulidair.

  • misha19772712
  • 2 авг. 2024 г.
  • 2 мин. чтения

So‘nggi yillarda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish doirasida elektron tijorat va raqamli xizmatlardan foydalanishda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Shu bilan birga, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda sodir etilayotgan jinoyatlarni o‘z vaqtida aniqlash va samarali tergov qilish maxsus raqamli usul va vositalardan foydalanishni, raqamli dalillar bilan ishlash texnikasini ishlab chiqishni, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash hamda bu borada tizimli ilmiy-tadqiqot bazasini yaratishni taqozo etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2024 yil 21 iyun kuni “Raqamli kriminalistika sohasida ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  PQ-229-sonli  qarori qabul qilinga bo’lib unga ko’ra :

Mamlakatimizda jinoyatlarni o‘z vaqtida va to‘la fosh etish, javobgarlikning muqarrarligi tamoyilini so‘zsiz amalga oshirishning samarali mexanizmlarini yaratish, shu jumladan, shaxsning aybini ilmiy-texnik jihatdan asoslangan ishonchli dalillar bilan isbotlash jarayonlarini yanada takomillashtirish maqsadida:

1. O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga (keyingi o‘rinlarda — Akademiya) quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklatildi,ya’ni:

raqamli kriminalistika sohasida innovatsion tadqiqotlar olib borish, katta hajmdagi ma’lumotlar (“Big Data”), sun’iy intellekt va boshqa ilg‘or texnologiyalarni tahlil qilib, amaliyotga joriy etish;

huquqni muhofaza qiluvchi organlarga jinoyatlarning raqamli izlarini aniqlash, olib qo‘yish, saqlash va tadqiq qilish bo‘yicha tezkor-qidiruv tadbirlari, tergovga qadar tekshiruv va tergov harakatlarini o‘tkazishda raqamli kriminalistika jihatidan amaliy yordam berish;

raqamli ekspertizaning zamonaviy texnologiyalari va vositalarini joriy etish;

jinoyatlarni tergov qilish doirasida raqamli ma’lumotlarni izlaydigan, to‘playdigan va tahlil qiladigan, shuningdek, kripto-aktivlar, “bulutli texnologiyalar” va boshqalardan foydalangan holda sodir etilgan jinoyatlarni aniqlaydigan zamonaviy texnologiyalar va vositalarni joriy etish;

kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida xalqaro ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirishda ishtirok etish, xorijiy hamkorlar bilan birgalikda ilmiy-texnik va innovatsion loyihalarni amalga oshirish;

kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmaga ega malakali kadrlar tayyorlash;

raqamli kriminalistika bo‘yicha sud ekspertizalarini o‘tkazish metodikalarini ishlab chiqish va takomillashtirib borish;

raqamli texnologiyalar yordamida sodir etilgan jinoyatlarni fosh etish va ularni tergov qilish amaliyotidagi mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

- Akademiya zimmasiga yuklangan qo‘shimcha vazifalar ijrosini samarali tashkil etish maqsadida Akademiyaning Raqamli kriminalistika ilmiy-uslubiy markazi negizida Raqamli kriminalistika ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi o‘rinlarda — Institut) tashkil etildi.

-Institut Akademiya tuzilmasiga kiradi va yuridik shaxs maqomisiz tashkil etiladi;

Institut tarkibida Ixtisoslashtirilgan raqamli tadqiqot markazi, Raqamli tergovga ko‘maklashish bo‘limi, Uslubiy yordam ko‘rsatish bo‘limi va Raqamli kriminalistika laboratoriyasi kabi bo‘linmalar faoliyat olib boradi;

Institut faoliyatini to‘laqonli yo‘lga qo‘yish maqsadida qo‘shimcha 10 ta shtat birligi ajratiladi;

Institut faoliyatini budjet hisobidan saqlash bilan bog‘liq xarajatlar 2024-yilda O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchi sifatida Bosh prokuraturaga ajratiladigan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi, 2025-yildan boshlab esa Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilishi ko’rsatib o’tildi.

 

 




Parkent tumani YUXKM bosh

Yuristkonsul’ti                                                   M.M.Payziyev 02.08.2024-y.

 
 
 

Недавние посты

Смотреть все

Комментарии


bottom of page