Shartnoma bo‘lmagan holatda hisob-faktura shartnoma o‘rnida o‘tadimi?
- misha19772712
- 26 дек. 2024 г.
- 1 мин. чтения
Tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi bir obunachi mahsulot sotganda shartnoma tuzilmaganligini, shu sababli sotilgan tovarning pulini undirishda muammoga duch kelayotganini aytib murojaat qilgan. bundan vaziyatda hisob-fakturaning o‘zi shartnoma o‘rnini bosa oladi. Qonunchilikni to‘g‘ri qo‘llagan holatda sud orqali pullarni undirish mumkin.
Oliy xo‘jalik sudi Plenumining qarori, 18.12.2009 yildagi 203-sonli "Xo‘jalik shartnomalarini tuzish, o‘zgartirish va bekor qilishni tartibga soluvchi fuqarolik qonun hujjatlari normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida"gi qarori 8-bandida Sudlarga quyidagichi tushuntirish berilgan, agar taraflarning shartnomaviy huquqiy munosabatlarga kirishganligi yozma yoki boshqa dalillar bilan tasdiqlansa, shartnomaning mavjud emasligi da’vogarning yetkazib berilgan tovarlar, bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar qiymatini undirish haqidagi talablarini qanoatlantirishni rad etish uchun asos bo‘la olmaydi.
Parkent tumani adliya bo‘limi
YUXKM boshlig’i S.Xasanboyev

Комментарии