Soliq siri tushunchasining huquqiy asosi
- misha19772712
- 26 дек. 2024 г.
- 2 мин. чтения
Davlat soliq qoʻmitasining 30.05.2020-yildagi “Soliq toʻlovchilar toʻgʻrisida hisob ma’lumotlarini yuritish, bu ma’lumotlarni uchinchi shaхslarga taqdim etish, shuningdek soliq toʻlovchilarning ayrim toifalari uchun ma’lumotlar tarkibini shakllantirish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi roʻyхat raqami 3237-son qarori e’lon qilindi.
Tartib quyidagilarni belgilaydi:
soliq toʻlovchi toʻgʻrisidagi qaysi hisob ma’lumotlari soliq sirini tashkil etishi;
soliq toʻlovchilar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni uchinchi shaхslarga qanday va qay tarzda taqdim etish;
ayrim soliq toʻlovchilar (toʻgʻridan-toʻgʻri хususiy chet el investitsiyalari ishtirokidagi yuridik shaхslar, maхsus iqtisodiy zonalarning (MIZ) ishtirokchilari, advokatlar hay’atlari, advokatlik firmalari va byurolari).
Soliq toʻlovchi toʻgʻrisida hisob ma’lumotlari deganda soliq organlariga u tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar, shuningdek SKning 133-moddasida nazarda tutilgan tartibda organlar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar tushuniladi.
Vakolatli organlar tomonidan olingan soliq to‘lovchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar soliq sirini tashkil etadi, soliq siri davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari, jalb etiladigan mutaxassislar va ekspertlar tomonidan oshkor etilishi mumkin emas, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno. Soliq sirini oshkor etish jumlasiga, xususan, soliq to‘lovchining tijorat sirini (ishlab chiqarish sirini) tashkil etuvchi va davlat organining mansabdor shaxsiga, jalb etilgan mutaxassisga yoki ekspertga ular o‘z majburiyatlarini bajarishi chog‘ida ma’lum bo‘lib qolgan axborotdan foydalanish yoki uni boshqa shaxsga berish kiradi. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq boshqa davlatlarning soliq organlariga yoki boshqa tegishli organlariga soliq to‘lovchi to‘g‘risida so‘ralgan ma’lumotlarni taqdim etish soliq sirini oshkor etish sirasiga kirmaydi. Davlat organlariga kelib tushgan soliq sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar maxsus saqlash va foydalanish rejimiga ega. Soliq sirini tashkil etuvchi ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilanadigan mansabdor shaxslar foydalanish huquqiga ega. Soliq sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hujjatlarning yo‘qotilishi yoki bunday ma’lumotlarning oshkor etilishi qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka sabab bo‘ladi. Ushbu moddaning qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tasarrufidagi, soliq to‘lovchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritadigan va ularga ishlov beradigan tashkilotlar tomonidan olingan ma’lumotlarga, shuningdek mazkur tashkilotlarning xodimlariga nisbatan tatbiq etiladi.
Parkent tumani adliya bo‘limi
YUXKM boshlig’i S.Xasanboyev

Комментарии