Subsidiyani yashash joyidan qat’iy nazar barcha xududdan olish mumkinmi?
- misha19772712
- 26 дек. 2024 г.
- 1 мин. чтения
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarga ajratilgan subsidiya ushbu hududdagi aholi tomonidan belgilangan taqsimot doirasida tuman yoki shahardan olishi mumkin.
Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatga olingan fuqaro subsidiya dasturi doirasida Toshkent viloyatida qurilgan uy-joylarni ipoteka krediti asosida sotib olishga haqli. Bunda ipoteka krediti Toshkent viloyati uchun belgilangan ipoteka kreditining eng ko‘p miqdori doirasida ajratiladi hamda boshlang‘ich badal bo‘yicha subsidiya to‘lovi uy-joy joylashgan tuman (shahar) moliya bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi.
Subsidiya uchun ish hqani aniqlashda agar ish haqi belgilangan mezonga yetmasa farzandning daromadi qo‘shilishi mumkinmi?
Agar ariza beruvchining va uning turmush o‘rtog‘ining o‘rtacha oylik daromadlari miqdori ushbu Nizomning 2-bandida ko‘rsatilgan me’yorlardan kam bo‘lsa, uning daromadlari hisob-kitobiga ularning turmush qurmagan farzandlarining daromadlari ham kiritilishi mumkin.
Talabgaor nechi bal to‘plaganda subsidiya olishga haqli hisoblanadi?
Ijtimoiy mezonlar asosida baholangan ariza beruvchi 30 va undan yuqori ball to‘plagan taqdirda, talabgor sifatida tan olinib, kvartira sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun ipoteka krediti bo‘yicha subsidiya olishga haqli deb hisoblanadi.
Qaysi holatlarda subsidiyaga ariza rad qilinadi?
Quyidagi hollarda ariza beruvchiga subsidiya ajratish rad etiladi:
-taqdim etilgan arizada ko‘rsatilgan ma’lumotlar ijtimoiy mezonlarga mos kelmaganda;
-taqdim etilgan ma’lumotlar noto‘g‘ri yoki soxta bo‘lganda;
-ilgari shahar va qishloq joylarda arzon uy-joy qurish dasturlari doirasida imtiyozli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda kvartira yoki yakka tartibdagi uy-joy hamda subsidiya olgan (avval olingan uy-joy boshqa shaxsga begonalashtirib yuborilgan taqdirda ham) oila a’zolari (eri, xotini) takroriy murojaat etganda;
-joriy yilda hudud uchun ajratiladigan subsidiya soni tugaganda;
ariza beruvchi va/yoki oilaning o‘rtacha oylik daromadi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda — MHTEKMning 2,7 baravaridan kam va 8,0 baravaridan yuqori;
Toshkent shahrida — MHTEKMning 2,7 baravardan kam va 9,2 baravaridan yuqori bo‘lganda.
Parkent tumani adliya bo‘limi
YUXKM boshlig’i S.Xasanboyev

Комментарии