Sudlanganlikni olib tashlash uchun murojaat qilish mumkinmi?
- misha19772712
- 26 дек. 2024 г.
- 1 мин. чтения
Sudlanganlik holati tugallanishi – shaxsning tegishli jazoni o‘tab bo‘lganidan keyin va belgilangan muddatlar o‘tganidan keyin avtomatik tarzda (o‘z-o‘zidan) barham topishini anglatadi.
Cudlanganlik holati quyidagi paytlarda tugaydi:
– shartli hukm qilinganlarga nisbatan – sinov muddati tugagan kundan boshlab;
shartli hukm – shaxs jazoni o‘tamasdan turib ham uning xulqini nazorat qilish orqali tuzatish mumkin degan xulosaga kelinganda unga jazoni o‘tamasdan xulqini tuzatishga bir yildan uch yilgacha muddat berish.
– majburiy jamoat ishlari, xizmat bo‘yicha cheklash yoki intizomiy qismga jo‘natish tarzidagi jazolarini o‘tab chiqqach;
– jarima to‘lab bo‘lingan kundan keyin, shuningdek muayyan huquqdan mahrum qilish yoki axloq tuzatish ishlari jazolari o‘talganidan keyin – bir yil o‘tgach (masalan, 100 mln jarima tayinlangan bo‘lsa, shu jarima 2024 yil 9 fevralda to‘lab bo‘linsa, 2025 yil 10 fevralda sudlanganlik tugaydi);
ozodlikni cheklash jazosi o‘talganidan keyin – ikki yil o‘tgach;
5 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘talganidan keyin – 4 yil o‘tgach;
5 yildan ortiq, lekin 10 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘talganidan keyin – 7 yil o‘tgach;
10 yildan ortiq, lekin 15 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘talganidan keyin – o‘n yil o‘tgach.
Sudlanganlik tugaganida shaxs, uning vorisi, qonuniy vakili yoki advokati iltimosiga ko‘ra sudlangan shaxsning yashash joyidagi sud tomonidan sudlanganlik holati mavjud yemasligiga oid ma’lumotnoma beriladi.
Sudlanganlikning olib tashlanishi yuqoridagi muddatlarning kamida yarmi o‘tganidan keyin ularning qolgan qismi sud qaroriga asosan tugatilishini anglatadi.
Sudlanganlikni olib tashlash uchun sudlangan shaxsning xulq-atvori yaxshilangan, ya’ni unga nisbatan ma’muriy jazo yoki intizomiy ta’sir chorasi qo‘llanilmagan bo‘lishi kerak.
Bu holatda tanishingiz sudlanganlikni olib tashlash uchun sudga o‘zi, mahallasi, uning mehnat jamoasi iltimosnoma bilan chiqishi mumkin.
Parkent tumani adliya bo‘limi
YUXKM boshlig’i S.Xasanboyev

Комментарии