Ta'lim to'lovlari bo‘yicha daromad solig‘i imtiyozi olish uchun ariza"
- misha19772712
- 26 дек. 2024 г.
- 1 мин. чтения
Agar siz oldingi yillarda ishlagan bo‘lsangiz, shartnoma summasini o‘zingiz mustaqil ravishda to‘lagan bo‘lsangiz, doimiy yashash joyidagi soliq organiga jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiya va quyidagi hujjatlarni topshirish orqali to‘langan daromad solig‘ini qaytarishingiz mumkin:
-talaba bilan oliy ta’lim tashkiloti o‘rtasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish to‘g‘risida tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;
-tijorat banki bilan ta’lim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi, bor bo‘lsa;
-kontrakt mablag‘larini mustaqil to‘laganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi.
-pasport nusxasi
Agar ta’lim uchun yo‘naltirilgan mablag‘lar miqdori yillik daromadingizdan ortiq bo‘lsa, boshqa oila a’zosi (ota/ona, er/xotin) soliq to‘langan summaning qolgan qismidan olingan daromad solig‘ini xuddi shu tarzda qaytarishi mumkin. Bunda, u avval imtiyoz qo‘llanilgan summa miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotnoma taqdim etilishi kerak.
Parkent tumani adliya bo‘limi
YUXKM boshlig’i S.Xasanboyev

Комментарии