top of page
Поиск

TADBIRKORLIKNI QO’LLAB QUVVATLASH YANADA TAKOMIL-LASHTIRILMOQDA.

  • misha19772712
  • 2 авг. 2024 г.
  • 2 мин. чтения

Yurtimizda tadbirkorlikni yanada qo’llab quvvatlash va ushbu yo’nalishdagi huquqiy munosabatlarni yanada takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 10.02.2023 yil kuni “TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINI TOIFALARGA AJRATISH MEZONLARI HAMDA SOLIQ SIYOSATI VA SOLIQ MA’MURIYATCHILIGINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA” gi PF-21-sonli farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko’ra tadbirkorlik sub’ektlari :

yakka tartibdagi tadbirkorlar;

mikrofirmalar — ta’sischilari (ishtirokchilari) jismoniy shaxslar bo‘lgan hamda jami daromadi kalendar yil davomida 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari;

kichik korxonalar — jami daromadi kalendar yil davomida 1 milliard so‘mdan 10 milliard so‘mgacha bo‘lgan hamda ushbu kichik bandning uchinchi xatboshisidagi ta’sischilari (ishtirokchilari) yuridik shaxslar bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari;

o‘rta tadbirkorlik subyektlari — jami daromadi kalendar yil davomida 10 milliard so‘mdan 100 milliard so‘mgacha bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari;

yirik tadbirkorlik subyektlari — jami daromadi kalendar yil davomida 100 milliard so‘m va undan yuqori bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari kabi toifalarga ajratildi.

2023-yil 1-apreldan boshlab:

a) Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi hisobidan bir yilda bir marotaba o‘rta tadbirkorlik subyektlariga mol-mulkni sug‘urta qilish xarajatlarining 50 foizigacha, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan oshmagan qismi qoplab beriladi;

b) jami daromadi 10 milliard so‘mdan kam bo‘lmagan tadbirkorlik subyektlari uchun davlat xaridlarida 20 foizlik kvota joriy etiladi va ushbu xaridlar doirasida budjet buyurtmachilari bilan tuziladigan shartnomalarda 50 foiz miqdorida oldindan to‘lovni amalga oshirish nazarda tutiladi.

Bunda, soliq organlari tomonidan jami daromadi 10 milliard so‘mdan oshgan tadbirkorlik subyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar shakllantiriladi va maxsus axborot portali bilan ma’lumot almashinuvi ta’minlanadi;

v) davlat xaridlarida eng yaxshi takliflarni tanlash va tender savdolarida ishtirokchilar takliflarini baholashda qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi inobatga olinmaydi;

g) yuqori qo‘shilgan qiymatli mis mahsulotlarini eksport qiluvchi korxonalarning mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni tashqi bozorga sotish bilan bog‘liq xarajatlarini eksport qiymatining 6 foizigacha qoplash tartibi bekor qilinadi.

Shuningdek ushbu Farmonga ko’ra:

-Dori vositalarining davlat sog‘liqni saqlash muassasalariga bepul berilishi yoki amal qilish muddati qisqaligi sababli narxi pasaytirilgan qiymat bo‘yicha realizatsiya qilinishi iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlaydigan xarajatlar (zararlar) deb e’tirof etilishi va mos ravishda foyda solig‘ini hisoblashda chegirib tashlanishi belgilandi.

-Qo‘shilgan qiymat solig‘ini qoplash tartibini yanada takomillashtirish, shuningdek, soliqni noqonuniy qoplash holatlarining oldini olish maqsadida 2023-yil 1-oktabrga qadar tajriba tariqasida tovarlarni (xizmatlarni) sotib olish va (yoki) realizatsiya qilish bilan bog‘liq bitimlarda ishtirok etgan kontragentlar — sotuvchilar (xaridorlar) tomonidan qo‘shilgan qiymat solig‘ining kam to‘langanligi (soliq uzilishi) aniqlanganda, Soliq qo‘mitasiga mazkur kontragentlarga nisbatan soliq nazorati tadbirlarini tayinlash huquqi berildi.

 2023-yil 1-maydan :

avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari va avtomobillarga gaz quyish stansiyalarida elektron o‘lchash uskunalari va onlayn video kameralarini o‘rnatish hamda ularni soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilish majburiy hisoblanadi;

paxta xomashyosi, g‘alla yoki sholini qabul qilish va hisobini yuritish bo‘yicha axborot tizimlarining operatorlari o‘z tizimlarini soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilishlari majburiy hisoblanadi;

to‘lov xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar jismoniy shaxslar o‘rtasida pul o‘tkazmalari amalga oshirilganda, ularga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun (olingan haq, komissiya uchun “0” so‘m bo‘lgan taqdirda ham) elektron hisobvaraq-fakturalar taqdim etadi va rasmiylashtiradi.

 

 



ree

Parkent tumani adliya bo’limi

Yuridik hizmat ko’rsatish markazi

Bosh yuristkonsul’ti                                                    M.M.Payziyev

 

 
 
 

Недавние посты

Смотреть все

Комментарии


bottom of page