Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzilishi odam o‘lishiga sabab bo‘lganda voqea joyida YPX inspektorlarining birlamchi vazifalari.
- misha19772712
- 26 дек. 2024 г.
- 2 мин. чтения
Amaldagi qonunchilikka binoan, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish, yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqish, yo‘l harakati qatnashchilarining yo‘l harakati qoidalariga hamda boshqa qonunchilik hujjatlarining yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga oid qismiga rioya etishi ustidan nazoratni amalga oshirish, transport vositalarining, yo‘l harakati qoidalari buzilishining hamda yo‘l-transport hodisalarining hisobini va ro‘yxatini yuritish, qonunchilikka muvofiq o‘zining vakolat doirasiga kiritilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va boshqa ko‘plab vakolatlarga egadir. Bulardan tashqari, normativ hujjatlarga ko‘ra, yo‘l-patrul xizmati saf bo‘linmalariga yo‘l harakati qatnashchilarining hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkini muhofaza etish, ularning qonuniy haq-huquqlari va manfaatlarini himoya qilish; yo‘l harakati doirasidagi jinoiy va ma’muriy huquqbuzarliklarni oldini olish chorasini ko‘rish va barham berish; olib qochilgan va o‘g‘irlangan transport vositalarini hamda yo‘l-transport hodisasi sodir etib, voqea joyidan haydovchilari yashiringan yoki boshqa sabablarga ko‘ra qidiruvda bo‘lgan transport vositalarini aniqlash va ushlash choralarini ko‘rish kabi vazifalarni bajarishga majburdirlar.
Yo‘l-patrul xizmati xodimlari yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan joyda o‘z xatti-harakatlarini normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan talablardan chetga chiqmagan holda amalga oshiradilar.
Yo‘l-patrul xizmati xodimi holat o‘ziga ma’lum bo‘lgandan keyin, jumladan, hodisa o‘zining posti yoki patrullik qilish yo‘nalishidan tashqarida ro‘y bergan bo‘lsa ham, Markaziy axborot dispetcherlik xizmati – axborot dispetcherlik xizmati, shuningdek, uning shoxobchalari hamda ichki ishlar bo‘limi navbatchisiga ma’lum qiladi va shundan keyin undan olgan ko‘rsatmalarga muvofiq harakat qiladi.
Yo‘l-patrul xizmati xodimi hodisa sodir bo‘lgan joyga kelib quyidagi birlamchi vaziflarni amalga oshiradi:
- tezkor-tergov guruhi kelgunga qadar holatni diqqat bilan o‘rganadi;
- marhumni shaxsiga aniqlik kiritish masalasida surishtiruv olib boradi;
- hodisani sodir etgan shaxsni aniqlashga harakat qiladi;
- tezkor-tergov guruhi kelgunga qadar hodisa guvohlarini aniqlaydi va ular haqida ma’lumotlarni yozib qo‘yadi.
- daliliy ashyolar, izlar, mol-mulk va hodisaga aloqador boshqa narsalarning saqlanishini va qayd qilish choralarini ko‘radi;
- hodisa joyiga yetib kelgan tezkor-tergov guruhining rahbari (Jinoyat kodeksining 266-moddasi bo‘yicha IIO tergovchisi) ga hodisaga aloqador shaxslar va guvohlar haqida ma’lumotlar bo‘yicha axborot beradi, daliliy ashyolarni topshiradi va uning ko‘rsatmasiga muvofiq harakat qiladi;
- zarurati bo‘lsa transport vositalarining harakatini aylanib o‘tish orqali tashkillashtiradi, buning iloji bo‘lmaydigan holat bo‘lsa, ikkita xolis va hodisa qatnashchilari ishtirokida transport vositalari, hodisa izlari, marxum va unga aloqador boshqa narsalarning joylashgan yerini o‘rnatilgan tartibda belgilaydi, undan keyin harkatni tiklash choralarini ko‘radi;
- hodisa joyidan yashiringan transport vositalarining ehtimoliy yo‘nalishi, uning alohida belgilarini aniqlaydi. Hodisa joyini ko‘zdan kechirish va guvohlardan yashiringan transport vositasi va haydovchisi to‘g‘risida olingan ma’lumotlar haqida zudlik bilan safdagi bo‘linma yoki ichki ishlar bo‘limi navbatchisiga axborot beradi, shundan keyin ularning ko‘rsatmasiga muvofiq harakat qiladi.
Parkent tumani adliya bo‘limi
YUXKM boshlig’i S.Xasanboyev

Комментарии