top of page
Поиск

Tungi vaqtda fuqarolarning osoyishtaligini buzganlik uchun qonunchiligimizda qanday javobgarlik mavjud?

  • misha19772712
  • 26 дек. 2024 г.
  • 1 мин. чтения

Ko‘pincha kechki vaqtlarda ba’zi bir shaxslarning baqir-chaqir qilishiga, baland ovozda musiqa qo‘yib fuqarolarning osoyishtaligini buzishiga guvoh bo‘lamiz. Xo‘sh, fuqarolarning ushbu harakatlari ham huquqbuzarlik hisoblanadimi?

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi kodeksning 192-moddasiga muvofiq, tungi vaqtda — soat 23.00 dan 06.00 gacha— fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishini buzish ma’muriy huquqbuzarlik hisoblanadi.

Tungi vaqtda fuqarolarning osoyishtaligini buzadigan harakatlarga yesa, quyidagilar kiradi:

- baland ovoz bilan qo‘shiq aytish;

- musiqa chalish;

- tovush signallari berish;

- xonadonlarda, turar joylarning yo‘laklari va yeshiklarida, ko‘chalarda ovozi baland qilib qo‘yilgan televizorlar, radiopriyomniklar, magnitofonlar va ovoz chiqaruvchi boshqa apparaturalardan foydalanish;

- turar joy binolarida va ulardan tashqarida juda zarur bo‘lmagani holda shovqin chiqaruvchi ishlar qilish;

- maishiy shovqinga qarshi kurash talablarini buzuvchi boshqa harakatlarni sodir yetish.

Mazkur huquqbuzarlik uchun Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi kodeksning 192-moddasida buning uchun fuqarolargabazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismi, mansabdor shaxslarga yesa — uchdan bir qismidan ikkidan bir qismigachamiqdorda jarima, shuningdek xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir yetilgan bo‘lsa, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdoriningikkidan bir qismi miqdorida, mansabdor shaxslarga yesa — ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilangan.


Parkent tumani adliya bo‘limi

YUXKM boshlig’i S.Xasanboyev

 
 
 

Недавние посты

Смотреть все

Комментарии


bottom of page