top of page
Поиск

Tuxmat va xaqorat qilganlik uchun javobgarlikka tortishning muhim ahamiyati

  • misha19772712
  • 26 дек. 2024 г.
  • 1 мин. чтения

Jinoyatlarni oldini olish, ularning har qanday tur va ko’rinishlariga qarshi murosasiz kurashish, yurtimizda qonuniylikni mustaxkamlash, fuqarolarning hayoti, sog’ligi shaxsiy mulkiy xuquqlarini taminlashning maqsadi jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni saqlashdir. Insonning konstitusiyaviy xuquq va erkinliklari, shu jumladan shaxsiy daxlsiziligini noqonuniy tajovuzlardan himoya qilish xuquqini muhofaza qiluvchi organlarning asosiy vazifasilaridan xisoblanadi.

Shaxs haqida bila turib uydirma ma’lumotlarni tarqatish yoxud shaxsni sha’ni va qadr-qimmatini toptovchi so’zlarni aytish, ya’ni, Tuhmat va haqorat qilish jinoyati ijtimoiy havflilik darajasi ushbu turdagi jinoyat sodir etilishi natijasida shaxsga yetkaziladigan ma’naviy zarar, ruhiy iztirob va boshqa salbiy oqibatlarda namoyon bo’ladi. Ushbu jinoyatlar tufayli jabrlanuvchiga nafaqat ma’naviy zarar, balki uning chuqur ruhiy iztirob chekishi xam mavjud. Ushbu qilmishlar natijasida jabrlanuvchilarnig sha’ni, qadr-qimmati kamsitiladi, obro’-etiboriga jamiyatda putur yetkaziladi, bu unga og’ir ruhiy va ma’naviy jarohat yetkazadi. Jabrlanuvchining toptalgan sha’ni va jamiyatda yo’qotgan obro’sini tiklash juda qiyin bo’ladi. Jabrlanuvchiga nisbatan yetkazilgan uning jamiyatda sha’ni, obro’-etibori, qadr-qimmati kamsitilishiga va tushirishga qaratilgan uydirma ma’lumotlarni qasddan bilaturib Tarqatish uning kelajagini, kelgusidagi hayotini izdan chiqishiga, jamiyatda obro’siga boshqa shaxslar tomonidan salbiy munosabat paydo bo’lishiga va boshqa oqibatlarga olib keladi.

Shuning uchun ham so’z borayotgan ijtimoiy xavfli qilmishlar uchun javobgarlikni kuchaytirish, faqatgina ma’muriy jazo chorasi qo’llash bilan cheklanmaslik zarur.

Sudlar hamda sudgacha ushbu qilmishlar yuzasidan ish yurituvchi mansabdor shaxslar jabrlanuvchining yuqoridagi shaxsiy manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdorini to’g’ri baxolay olishlari juda ham muximdir.

Parkent tumani adliya bo‘limi

YUXKM boshlig’i S.Xasanboyev

 
 
 

Недавние посты

Смотреть все

Комментарии


bottom of page