top of page
Поиск

Uyda dars  o’tuvchi o’qituvchining majburiyati qanday?

  • misha19772712
  • 26 дек. 2024 г.
  • 1 мин. чтения

Uyda yakka tartibda ta’limni tashkil etishda o’qituvchining majburiyatlari quyidagilardan iborat:

- o’quvchining imkoniyatlari va tibbiy xulosani inobatga olgan holda o’quv dasturlarining o’zlashtirilishini ta’minlash;

- o’quvchilarning jismoniy va psixik rivojlanishini ta’minlash, atrof muhit va ijtimoiy hodisalar haqidagi tasavvurlarini kengaytirish;

- o’quvchining ma’naviy-axloqiy sifatlarini yuksaltirish hamda estetik did va his-tuyg’ularini tarbiyalash;

- o’quvchida darsliklar, badiiy adabiyotlar va boshqa manbalar bilan mustaqil ishlash malakasini rivojlantirish;

- dars mashg’ulotlariga oid bo’lgan hujjatlarni o’z vaqtida yuritish hamda o’quvchining o’zlashtirishi bo’yicha baholash daftariga qo’yilgan baholarni sinf jurnaliga yoki o’quvchilarning davomati va o’zlashtirishini hisobga olish elektron tizimiga kiritib borish.


Parkent tumani adliya bo‘limi

YUXKM boshlig’i S.Xasanboyev

 
 
 

Недавние посты

Смотреть все

Комментарии


bottom of page