Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi dastlabki sinov natijasi qoniqarsiz bo‘lgani bilan bekor qilinganda kasaba uyushmasi rozilik olish shart emas.
- misha19772712
- 26 дек. 2024 г.
- 1 мин. чтения
O‘tgan kun ayni shu masala yuzasidan bir ish beruvchi bilan suhbatda ayni shu masala ko‘tarildi. Mazkur ish beruvchi xodimning dastlabki sinov natijasi qoniqarsiz bo‘lgani munosabati bilan Mehnat kodeksining 161-moddasi bilan mehnat shartnomasini bekor qilgan, ammo jamoat shartnomasida ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, kasaba uyushmasining roziligini olmagan, natijada xodim sudga ishga tiklashni so‘rab da’vo ariza bilan murojaat qilgan.
E’tibor qaratadigan bo‘lsak, Mehnat kodeksida dastlabki sinov muddatining qoniqarsiz bo‘lgani bilan mehnat shartnomasini bekor qilishni tartibga soluvchi 132-modda mavjud. Ya’ni ish beruvchi bunday vaziyatdagi xodim bilan mehnat shartnomasini MKning 161-moddasi bilan emas balki, MKning 132-moddasi bilan bekor qiladi. Chunki MKning 132-moddasi mehnat shartnomasini bekor qilishning alohida asosi hisoblanadi. Unga ko‘ra, dastlabki sinov muddati tugaguniga qadar taraflarning har biri ikkinchi tarafni kamida uch kun oldin yozma shaklda ogohlantirgan holda mehnat shartnomasini bekor qilishga haqli. Ish beruvchi xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini sinov natijasi qoniqarsiz bo‘lganda, xodimni sinovdan o‘tmagan deb e’tirof etish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan sabablarni ko‘rsatgan holda o‘z tashabbusiga ko‘ra, dastlabki sinov davrida bekor qilishga haqli.
Ko‘pchilik chalg‘ishi mumkin Mehnat kodeksining 164-moddasida kasaba uyushmasining roziligi olinishi kerak deb yozilgan deb. Biroq bu qoida MKning 161-moddasiga tegishli Mkning 132-moddasiga emas.
Parkent tumani adliya bo‘limi
YUXKM boshlig’i S.Xasanboyev

Комментарии