Xodim noqonuniy ishdan bo‘shatilib sud orqali tiklanganda uning o‘rniga olingan xodimning taqdiri nima bo‘ladi?
- misha19772712
- 26 дек. 2024 г.
- 1 мин. чтения
Korxonada masalan, bir xodim noqonuniy bo‘shatildi va uni ishga tiklash kerak, ammo ish beruvchi uning o‘rniga boshqa ishchi olib qo‘ygan vaziyat aynan olib qo‘yilgan ishchining keyingi mehnat faoliyati haqida ketmoqda. Bundan vaziyatda ish beruvchi xodim ishga tiklandi deb uning o‘rniga olingan ishchi bilan mehnat shartnomasini bekor qilib yuborishi noto‘g‘ri. Mehnat kodeksining 144-moddasiga asosan agar mehnat shartnomasida belgilangan mehnat vazifasiga doir ishni xolisona sabablarga ko‘ra davom ettirish imkoni bo‘lmasa, ish beruvchi xodimga uning mutaxassisligi va malakasiga muvofiq keladigan boshqa ishga o‘tkazishni, bunday ish bo‘lmagan taqdirda esa ish beruvchida mavjud bo‘lgan boshqa ishni taklif etishi shart.
Bu vaziyatda har xil holat bo‘lishi mumkin korxonada boshqa ish yo‘q yoki taklif qilinayotgan ishga xodim ko‘nmasa, ish beruvchi xodim bilan mehnat shartnomasini MKning 168-moddasi birinchi qism 22-bandi shu ishni ilgari bajarib kelgan xodimning avvalgi ishga tiklanganligi munosabati bilan mehnat shartnomasini taraflarning xohish-irodasiga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra bekor qilinadi.
Bundan tashqari xodimga boshqa kafolatlangan to‘lovlarni to‘lash lozim. Birinchidan, unga ishlagan stajiga mos ishdan bo‘shatish nafaqasini to‘lash lozim. Bunda ishdan bo‘shatish nafaqasining miqdori mazkur ish beruvchidagi ish stajiga bog‘liq bo‘ladi va uch yilgacha ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar uchun — o‘rtacha oylik ish haqining ellik foizidan kam bo‘lmasligi kerak. Ikkinchidan, mehnat kodeksi 100-moddasi birinchi qismiga ko‘ra shu ishni ilgari bajarib kelgan xodimning ishga tiklanganligi munosabati bilan bekor qilinganda uchinchi oy uchun ham avvalgi ish joyidan o‘rtacha oylik ish haqini olish huquqiga ega.
Parkent tumani adliya bo‘limi
YUXKM boshlig’i S.Xasanboyev

Комментарии