Xotin-qizlarga foizsiz ta’lim kreditlari berilishidan xabardormisiz?
- misha19772712
- 28 окт. 2024 г.
- 2 мин. чтения
So‘nggi yillarda mamlakatimizda yoshlarning ta’lim olishini yanada qo‘llab quvvatlashga qaratilgan islohotlar katta e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, bi borada xotin-qizlar uchun foizsiz ta’lim kreditlari berish amaliyoti yo‘lga qo‘yilganligi bu bordagi katta qadam bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-87-son Farmonida xotin-qizlarga ta’lim olishlari uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning ilmiy salohiyati va malakasini tizimli oshirib borishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalari, texnikum va kollejlarda kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan xotin-qizlarning ta’lim kontraktlarini to‘lash uchun 7 yil muddatga foizsiz ta’lim kreditlari davlat byudjetidan ajratilishi belgilandi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-maydagi “Oliy va professional ta’lim tashkilotlari talabalari va o‘quvchilariga budjet mablag‘lari hisobidan ta’lim kreditini ajratish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-82-son Farmonida oliy va professional ta’lim tashkilotlarida tahsil olish uchun ta’lim kreditini faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan talaba va o‘quvchilarga ajratilishi, ta’lim kreditini oliy ta’lim tashkilotlarining birinchi bosqich talabalari hamda professional ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari uchun to‘lov-kontrakt summasi miqdorida, oliy ta’lim tashkilotlarining ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi “3” dan past bo‘lgan taqdirda to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida ajratish (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari bundan mustasno) belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.08.2021-yildagi 527-son Qarori bilan taqsdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi hisobidan tijorat banklari orqali oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlarini ajratish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq Ta’lim kreditining asosiy qarzi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.
Ya’ni, ta’lim krediti olgan yosh aytaylik 2024-yil iyun oyida rasman o‘qishni tugatgan bo‘lsa, olingan ta’lim krediti asosiy qarzi 2025-yil yanvar oyidan boshlab 7 yil mobaynida (2025-2031-yillar davomida) qaytariladi.
Shoxdiyor To‘ramirzayev
Parkent tuman adliya bo‘limi boshlig‘i

Комментарии