top of page
Поиск

Yangi O‘zbekiston: sud tizimi va xalqaro huquq.

  • misha19772712
  • 26 дек. 2024 г.
  • 2 мин. чтения

Mamlakatimizda fuqarolarning huquq va erkinliklarini, eng avvalo, jinoiy tajovuzlardan himoya qilishning ishonchli kafolatlarini ta’minlashga, shuningdek, inson sha’ni va qadr-qimmati kamsitilishiga, qonuniy manfaatlari cheklanishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.Bugungi kunda bilib-bilmasdan jinoyat yo‘liga kirib qolgan yigit-qizlarimiz yoki bo‘lmasa ayollarimiz ishlari Yoshlar ittifoqi, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash tashkilotlari kafilligi asosida ko‘rib chiqilishi ijobiy natijalarni bermoqda.Yana bir ahamiyatli jihat: jinoyat ishini qo‘shimcha tergov yuritish uchun qaytarish instituti bekor qilindi va dalillarga baho berish instituti takomillashtirildi. Bu, o‘z navbatida, ish bo‘yicha barcha holatlar sud tomonidan har tomonlama tekshirilib, dalillarga xolisona baho berilgan holda oqlov hukmlari ko‘payishiga asos yaratdi.Buni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari kengashining Sudyalar va advokatlar mustaqilligi masalalari bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Diego Garsiya-Sayan ham alohida e’tirof etdi.Odil sudlovni amalga oshirishga qaratilgan xalqaro huquq normalarini bajarish borasida:

birinchidan, sud hokimiyatini demokratlashtirish, barcha fuqarolarning qonun oldida tengligi, insonparvarlik, adolat tamoyillarini hayotga tatbiq etish, sud hokimiyatining mustaqilligini, aholining odil sudlovga bo‘lgan ishonchini oshirish, “Xabeas korpus” institutini kengaytirish, sud tizimini mustahkamlash, shuningdek, tergov jarayonida sud nazoratini kuchaytirish bo‘yicha samarali chora-tadbirlar ko‘rildi;

ikkinchidan, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, nizolarni sudgacha hal etish, taraflarni yarashtirishda advokatlarning vakolatlari kengaydi. Sud ishlarining adolatliligi, ochiqligi va oshkoraligini ta’minlash uchun “elektron adolat” tizimi joriy etildi;

uchinchidan, jabrlanuvchilar, guvohlar va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish tizimi yaratildi. Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarini tuzishga yo‘l ochildi. Bugungi kunda tintuv, voqea joyida olingan ko‘rsatmalarni tekshirish, tergov eksperimenti kabi protsessual harakatlarni videotasvirga olish orqali majburiy qayd etish talablari qonun bilan mustahkamlandi;

to‘rtinchidan, ma’muriy, jinoiy, jinoiy-protsessual, jinoiy-ijroiya, fuqarolik va iqtisodiy qonunchilik takomillashtirilmoqda. Jamoat birlashmalari kafolati ostida shaxslarni afv etish va jazodan ozod qilishning mutlaqo yangi tizimi joriy etildi. “Jasliq” ixtisoslashtirilgan koloniyasining yopilishi muhim voqea bo‘ldi;

beshinchidan, fuqarolarimiz huquqlari va manfaatlarini, qaerda bo‘lishlaridan qat’i nazar, himoya qilish va ularning O‘zbekistonga qaytishlari uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Misol sifatida Yaqin Sharq va Afg‘onistondagi qurolli mojarolar hududlaridan 541 nafar fuqaro, asosan, ayollar va bolalarning Vatanimizga qaytarib keltirilganini aytish mumkin.

Parkent tumani adliya bo‘limi

YUXKM boshlig’i S.Xasanboyev


 
 
 

Недавние посты

Смотреть все

Комментарии


bottom of page