YPX xodimi qanday holatlarda haydovchini to‘xtatishi mumkin?
- misha19772712
- 26 дек. 2024 г.
- 1 мин. чтения
YPX xodimi transportni faqat quyidagi asoslar bilan to‘xtatishi mumkin:
yo‘l harakati qoidalari buzilishi vizual kuzatuv yoki maxsus moslama yordamida aniqlanganda (masalan, haydovchining qizil chiroqda o‘tgani kameraga tushgan bo‘lsa);
Maxsus moslamalar – audio, foto va video texnikalari yoki ko‘chma fotoradar va mobil komplekslar, alkotester, narkotester, planshet hamda “tonirovka”ni o‘lchovchi vositalar;
transport, haydovchi yoki yo‘lovchi qidiruvda yekanligi, huquqbuzarlikka aloqaci bor bo‘lsa;
haydovchi yoki yo‘lovchi yo‘l transport hodisasi (YTH), huquqbuzarlikni ko‘rgan bo‘lsa, ulardan hodisaga oid ma’lumot olish kerak bo‘lganida;
harakatni cheklash yoki taqiqlash bo‘yicha qonuniy ko‘rsatmalarni bajarishda (masalan, yo‘lda avariya holati bo‘lgan bo‘lsa, ommaviy tadbir, marafon o‘tkazilayotgan bo‘lsa);
YPX xodimi haydovchining transportidan foydalanish zarurati bo‘lganda (masalan, tabiiy ofat bo‘lgan joyga borish, shoshilinch tibbiy yordamga muhtojlarni kasalxonaga olib borish, jinoyat qilganlarni ta’qib qilish);
maxsus tadbirlar vaqtida (YTH hamda huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan harakatlar, xalq tilida “reyd” vaqtida);
“prava” va boshqa hujjatlarni tekshirish uchun.
YPX xodimi boshqa asoslarga ko‘ra transportni to‘xtatishi mumkin yemas. Transportni yo‘llarning ko‘rish cheklangan qismlari, burilishdan oldin va keyin, tik nishablik yoki tik balandliklar, chorrahalar, yer osti o‘tish joylari oldida, temir yo‘l kesishmasi hududi va boshqa xavfli joylarda to‘xtatish taqiqlanadi.
YPX xodimining ishoralari tushunarli va o‘z vaqtida berilishi lozim.
Qoidabuzarlik aniqlanganda YPX xodimi haydovchiga avval aynan sodir yetgan qoidabuzarlikni tushuntirib, shundan so‘ng hujjatlarni tekshirib, chora ko‘rishi kerak.
“Reyd” vaqtida transport to‘xtatilganda YPX xodimi “reyd”ning maqsadi hamda to‘xtatish sababi haqida tushuntirish berishi kerak.
Parkent tumani adliya bo‘limi
YUXKM boshlig’i S.Xasanboyev

Комментарии